Bankdagi qarzdorlikni yopmoqchiman
Men murakkab vaziyatga tushib qoldim: bir necha kredit oldim (biri mashina garovi ostida). Albatta, firibgarlar tuzog‘iga tushib qoldim. Meni bank xodimi, mobil aloqa yoki politsiya emas, balki ishongan va sevgan yigitcham aldadi. U agar biz kredit olib, bir loyihaga sarmoya kiritadigan bo’lsak, tezda ajoyib to’y uchun mablag’ to’play olamiz, deb va’da bergandi. Natijada: yigitim kreditlarni olib, loyihaga sarmoya kiritganim zahoti g‘oyib bo‘ldi.