Mening ismim Vladimir, yoshim 35da. Umuman olganda, hammasi yaxshi. Menda yaxshi ish bor, qiz do’stim va mushugim ham bor) va xobbi ham bor. Men baxtliman, deb ayta olaman. Zalda shug’ullanishni boshladim va hatto ichishni tashladim. Ammo, kreditlarim borligi og’irlik qiladi. Ularni o’z vaqtida to’lab turaman va bir necha yildan keyin o’zim yopsam kerak. Lekin doimiy bir tosh bosayotganday tuyuladi. Kredit kartadan doimiy foydalanishga majbur bo’laman. Keyin esa qayta moliyalashtirish uchun kredit va hokazo… Menda kreditlar 16 yoshimdan paydo bo’lgan va shundan beri ular doim bor. Birinchi kreditni onam olgan, men undan kompyuter so’ragandim, ammo uning puli yo’q edi va men ilk bor 16 yoshimda ishga kirganman. Oyiga 3000 so’m maosh olib, 2500 so’mini kompyuter uchun to’laganman. Keyinchalik turli vaziyatlar natijasida hozirda 15 million so’mdan ortiq qarz yig’ilgan. Har oy 600 000 so’mdan ko’proq to’layman. Hozir qiz do’stim va ikki farzandim bilan ijaraga olingan uyda yashayman. Hayot uchun yetarli mablag‘ bor. Lekin erkinroq bo’lishni xohlayman. Bu birinchi marta yig’ishni tashkil qilmoqdaman, bu qanchalik haqiqatga yaqinligini bilmayman, lekin balki… Hammaning xayoti osuda bo’lsin!